MOSKVA. Mening uyim, mashinam, qanday qilib pul topishim haqida

Описание к видео MOSKVA. Mening uyim, mashinam, qanday qilib pul topishim haqida

Yangi MASHINA, yangi REJALAR, yangi HAYOT ...

Toshkentda LATMEDIA bilan hayirlashgan video -    • Men kimman? Keling tanishamiz  

Iltimoslaringizga binoan Moskvadagi hayotim haqida ko'rsatuv suratga oldim. Yashayotgan xonadonimni, mashinamni ko'rsatdim, qanday ish bilan shug'ullanishim, kim bilan ishlashim haqida so'zlab berdim, oylik xarajatlarimni e'lon qildim. Ushbu shaharning ijobiy va salbiy tomonlari bilan o'rtoqlashdim. Video oxirida kuch va ilhom olish yoki o'zimni yomon his qilganimda boradigan joyimni ko'rsatdim.

Videoning oxirida tanlov e'lon qildim. Siz shunchaki savolga javob berishingiz kerak: "Moskvada farovon hayot kechirish uchun qancha pul topish kerak deb o'ylaysiz?". Javoblaringizni YouTube'dagi ko'rsatuv ostida yozib qoldiring. Izoh qoldirgan tasodifiy ishtirokchi 500 000 so'mga ega bo'ladi.

Shuningdek, o'zingiz haqingizda yozishingizni so'rab qolaman. Qayerdansiz, qaysi shahardansiz, nima bilan shug'ullanasiz va kelajakdagi rejalaringiz qanday? Ehtimol siz Moskvaga ko'chib o'tishni xohlarsiz... Menga juda qiziq, men barcha izohlarni o'qib chiqaman va javob beraman.

Ushbu qisqa, ammo juda ta'sirli ko'rsatuvni albatta tomosha qiling. Like bosishni va kanalga obuna bo'lishni unutmang.

YouTube'da ko'rishguncha.

Tanlov natijalari bir oydan so'ng mening Telegram kanalimda e'lon qilinadi - https://t.me/jlatipov

Ijtimoiy tarmoqlardagi mening sahifalarim:

Instagram:   / latipov_uz  

Takliflaringizni quyidagi pochta orqali yozing: [email protected]

Time kod :

00:00 - Tizer
00:07 - Bu video nima haqida?
1:02 - Xonadon bo'ylab sayr
6:27 - Kvartira harajatlari
8:00 - Avval 5 yil yotoqxonalarda yashaganim haqida
8:37 - Nima ish qilib pul topaman?
14:54 - Moskvaning 5 ta ijobiy va salbiy tomonlari haqida
18:54 - Umumiy harajatlar
20:47 - Mashinamni qanchaga sotib olganman?
20:19 - Konkurs/Tanlov
24:40 - Telegram orqali berilagan savollarga javoblar
25:34 - Muhim monolog

Комментарии

Информация по комментариям в разработке